Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum bo‘ldi
Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, prezident ma'muriyatidan Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgani bo‘yicha hujjatlarni oldi, u bu qarorga qarshi shikoyat berish niyatida.
Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilgandi. Prezident ma'muriyatidan tushuntirishlaricha, Saakashvili uni olishda ishonchsiz ma'lumotlarni taqdim etgan.
"Bugun yoki ertaga sudga boraman, sababi biz nihoyat prezident ma'muriyatidan fuqarolik bo‘yicha hujjatlarni oldik hamda meni fuqarolikdan mahrum qilish bo‘yicha qarorga shikoyat beramiz", - deya ma'lum qildi Saakashvili chorshanba kuni jurnalistlarga qilgan murojaatida.
Mavzuga oid
09:00
Ukraina binolarni minalashtirish bilan bog‘liq tahdidlar to‘lqiniga duch keldi
20:14 / 14.10.2024
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50 / 14.10.2024
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
21:00 / 12.10.2024