Sport | 15:00 / 26.10.2017
19826
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik bokschi jangdan oldin juftakni rostladi

Foto: boxingscene.com

Amerikalik bokschi Jozef Kouts professional ringdagi debyutini qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda iSport.ua.

19 oktabr kuni u Darem shahrida kenja Hasim Rahmonga (superog‘ir vazndagi sobiq jahon chempionining o‘g‘li) qarshi ilk jangini o‘tkazishi lozim edi.

Biroq, ringga ko‘tarilganidan so‘ng, u jang qilish qaroridan voz kechdi. Qizig‘i shundaki, bundan oldin promouterlari uni 40 daqiqa davomida, jang qilish uchun ko‘ndirishga uringan edi.

Raxmonning promouteri bunday voqeani umrida birinchi marta ko‘rayotganini aytdi.

«48 yillik faoliyatimda bunaqasini ko‘rmaganman, bokschi ketdi qoldi. Suxandon nima voqea yuz berganini tomoshabinlarga tushuntirguncha, u juftakni rostlab qolibdi» - dedi Greg Koen.

Shimoliy Karolina shtatining Atletika qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, Kouts diskvalifikatsiya qilindi va kenja Rahmonga g‘alaba yozildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid