Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi aviabombalarni sinovdan o‘tkazdi
Eron harbiy-havo kuchlari Isfaxon viloyatidagi mashg‘ulotlar vaqtida boshqariluvchi aviabombalar sinovini o‘tkazdi.
Tasnim axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sinovlar vaqtida F-7 harbiy samolyotlari Eronda ishlab chiqilgan uzoq masofalarga mo‘ljallangan bombalar va raketalarni qo‘llagan.
Eron HHK rasmiy vakili Mas'ud Rujxosh F-5 va HESA Saeqeh qiruvchi samolyotlari 226 kg keladigan bombalar yordamida nishonlarni mo‘ljalga olganlarini ma'lum qilgan.
Ikki kunlik mashg‘ulotlar o‘nlab bombardimonchi, qiruvchi, transport, razvedkachi, yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar va uchuvchisiz parvoz qurilmalari ishtirokida o‘tmoqda.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026