Poroshenko Saudiya Arabistoni qiroli bilan uchrashdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saudiya Arabistoniga tashrifi vaqtida qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashdi.
Poroshenko Saudiya Arabistoni rahbariyatiga Ukrainaning suvereniteti masalalarida xalqaro maydondagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirgan.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik, energetik va investitsiyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikka erishildi.
O‘z navbatida, qirol Salmon Saudiya Arabistoni Ukraina bilan ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqlagan.
Tomonlar mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashdagi sa'y-harakatlar bo‘yicha fikr almashishgan.
Ma'lum qilinishicha, Poroshenko tashrifi davomida Saudiya Arabistoni Ochiq investitsiyaviy jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Yasir bin Usmon Ar-Rumayon bilan uchrashib, investitsiya masalalarini muhokama qilgan.
Poroshenkoning arab davlatlariga turnesi 2 noyabrgacha davom etadi. U Saudiya Arabistonidan so‘ng BAAga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
11:20
Borrel Ukraina uchun 6,5 mlrd yevro ajratilishiga umid qilmoqda
09:00
Ukraina binolarni minalashtirish bilan bog‘liq tahdidlar to‘lqiniga duch keldi
20:14 / 14.10.2024
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50 / 14.10.2024