Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab koalitsiyasi Ar-Riyodga raketa uchirilishiga javob qaytarmoqda
Foto: Getty Images
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi qo‘mondonligi Ar-Riyodga qarata ballistik raketa uchirilganidan so‘ng Yamanning barcha havo hamda suv portlarini yopish haqidagi qarorga keldi. Koalitsiyaning rasmiy bayonoti SPA agentligi tomonidan e'lon qilingan.
Koalitsiyaning ma'lum qilishicha, Eron Yamandagi isyonchi husiylarga 900 km. masofani uchib o‘tishi mumkin bo‘lgan ballistik raketalarni kontrabanda yo‘li orqali yetkazib bergani aniqlangan. Shu bilan birga, shu tarzda BMT Xavfsizlik Kengashining isyonchilarga qurol yetkazib berish taqiqlangan rezolyutsiyasi buzilayotgani ko‘rsatilgan.
«Koalitsiya qo‘mondonligi Yamanning barcha yer usti, havo va dengiz portlarini vaqtinchalik yopish haqidagi qarorga keldi. Bu choralar aholini insonparvarlik yuklari bilan ta'minlash e'tiborga olingan holda ko‘riladi», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni harbiylari Ar-Riyod yaqinida ballistik raketani urib tushirishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:55
Saudiyadagi yirik neft zavodi dron zarbasidan so‘ng ishini to‘xtatdi
07:26 / 28.02.2026
Ar-Riyodda 2 kmlik Rise Tower: sayyoradagi eng baland bino quriladi
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
17:57 / 20.02.2026