Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Saudiya Arabistoni harbiylari Ar-Riyod yaqinida ballistik raketani urib tushirishdi
Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari mamlakat poytaxti Ar-Riyoddan shimol tomonda ballistik raketani urib tushirishgan. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda RT Arabic nashri xabar bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu holat oqibatida hech qanday talofatlar yetkazilmagan.
Eronning Press TV telekanalining ma'lum qilishicha, zarba Ar-Riyoddan 35 km uzoqlikda joylashgan qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Oktyabrda Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon raketa otilgani ma'lum qilingandi. O‘shanda yamanlik xusiylar BAA poytaxti Abu-Dabini o‘z raketalarining bosh nishoni deb atashgan. Jangarilar shuningdek Saudiya Arabistoni bilan chegarada va uning hududida jangovar operatsiyalar miqdorini ko‘paytirishga tayyorlik bildirganlar.
Mavzuga oid
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026