O‘zbekiston | 17:50 / 28.11.2017
84255
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat tarkibiga o‘zgarish kiritildi, bosh vazirga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 34-03 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra, hukumat tarkibida Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etildi.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, yangi kompleksga Suxrob Rustamovich Xolmuradov rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Suxrob Rustamovich 1973 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. U 2000 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. 1993 yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib keladi. U shu yilning martida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki («Milliy bank») boshqaruv raisi etib tayinlangandi.

O‘z navbatida, 2016 yil kuzidan shu vaqtgacha «Sanoatqurilishbank» rahbari hisoblangan Alisher Qudratullayevich Mirsoatov «Milliy bank»ka rais bo‘lgan. 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Alisher Mirsoatov 1996 yildan buyon bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mavzuga oid