Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ishbilarmonlik aviatsiyasi tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda xalqaro talablar asosida barpo etiladigan yangi aeroport loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston jahonda nafaqat fuqaro aviatsiyasi sohasida, balki xalqaro yuk tashish bozorida ham mustahkam o‘rinni egallab bormoqda. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan dunyoning turli mintaqalariga yuklar qulay, xavfsiz va ishonchli tarzda yetkazib berilmoqda.
Mamlakatning bu boradagi salohiyatini yanada oshirish, xalqaro aviatashishlar bozoriga dadil chiqish, laynerlarda yuk tashish sifatini eng zamonaviy talablarga ko‘tarish istiqboldagi muhim vazifalardan.
Davlat rahbari tashabbusi bilan endi mamlakatda ishbilarmonlik aviatsiyasi ham tashkil etiladi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida yangi tizim bo‘lib, yakka tartibdagi va korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashadi. Xalqaro tilda ushbu atama «biznes aviatsiya» yoki «tijorat aviatsiyasi» deb ataladi.
Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishish chog‘ida har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu borada yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratadi. Loyiha o‘zbekistonlik va xorijlik ishbilarmon doiralar vakillariga mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish, biznes-sheriklar topishda katta o‘rin tutadi.
Prezident yangi aeroportda xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish, bu yerda ko‘plab infratuzilma obektlari, mehmonxona, biznes markazlari tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
08:50 / 17.06.2026
Kelajak aviatsiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 7 ta samolyot
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
09:06 / 12.03.2026