Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillariga avtomashinalar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Moliya vazirligining topshirig‘iga asosan, mamlakatda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, sohada xizmat qilayotgan rahbar va mutaxassislarning samarali ishlashlari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida joriy yil barcha tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga xizmat uchun foydalanishga 160 dona yengil avtomashina berilishi ko‘zda tutilgan.
Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekistonda birinchi marta qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari o‘zlarining kasb bayrami nishonlamoqda.
Ma'lumki, tegishli hujjatlarga muvofiq, Respublikadagi tumanlar qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari lavozimi bo‘yicha tumanlar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlariga hisoblanishi belgilangan.
Andijonda kasb bayrami munosabati bilan viloyat tumanlarining shu sohada ish yurituvchi bo‘limlariga xizmat uchun Nexia-Ravon rusumli yengil avtomashinalari topshirildi.

Xizmat avtomashinalari kalitlarini viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov topshirdi.



Shuningdek, Surxondaryo viloyatida ham qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillariga avtomashinalar topshirilgan.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 22.06.2026