Jahon | 08:37 / 11.12.2017
8228
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada havo va temir transporti izdan chiqdi

Foto: Andrew Milligan

Buyuk Britaniya qirolligi qor ostida qoldi. Mamlakatning ko‘plab mintaqalarida havo va temir yo‘l transporti izdan chiqdi. Xususan, London aeroportlarida bir necha parvozlarning vaqti o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan 

Mintaqaviy OAV xabarlariga ko‘ra, Uelsning ayrim hududlariga 17-30 sm qalinlikda qor yoqqan. Hitrou aeroportida jadvalga rioya qilinmaslik holatlari kuzatilmoqda. 

"Heathrow aeroporti ochiq qolmoqda. Ammo biz Buyuk Britaniyadagi vaziyat yo‘lovchilarning rejalarini buzganidan afsusdamiz", — deyiladi Hitrou saytida. 

Transport vositalari bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklardan tashqari, aholi boshqa noqulayliklarga ham duch kelmoqda. Birlashgan qirollikning ko‘pgina hududlarida elektr ta'minoti uzildi. 11 dekabrda ko‘plab maktablar ishlamasligi xabar qilinmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid