Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Britaniyadan 24 ta qiruvchi samolyot sotib oldi
Doha va London Qatarga 24 ta ko‘p funksiyali Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda Qatar mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Hujjat Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning qatarlik xamkasbi Holid bin Muhammad al-Atiya bilan Dohadagi uchrashuvi vaqtida imzolangan.
Shartnomada qurol-aslaha, ehtiyot qismlar yetkazib berish, o‘qitish va uzoq muddatli texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Tomonlar, shuningdek, Qatarda 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida havo xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etadigan qo‘shma tezkor kuchlarni yaratish haqidagi kelishuvni imzolashgan.
7 dekabrda Qatar Fransiya bilan 12 ta Dassault Rafale qiruvchi samolyoti va 50 ta Airbus samolyotini sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzolagandi.
Mavzuga oid
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026