Jahon | 15:40 / 12.12.2017
16803
1 daqiqa o‘qiladi

«Mafiyaga ov». Italiyada 48 kishi qo‘lga olindi

Foto: AFP

Italiya politsiyasi Kalabriyada 48 kishini qo‘lga oldi, ular «Ndrangeta» mafiya guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda «Interfaks» mahalliy OAVga tayangan holda xabar berdi.

Qo‘lga olingan shaxslar jinoiy til biriktirish, zarar yetkazish, tovlamachilik, qimmatliklarni noqonuniy ravishda olib o‘tish hamda qurolni noqonuniy tarzda saqlashda gumonlanmoqda. 44 kishi qamoqqa olindi, qolganlar uy qamog‘ida qoldirildi.

Politsiyachilar tintuvlar doirasida 25 million yevrolik mol-mulklarni musodara etishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sitsiliya mafiyasining eng so‘nggi «bosslar bossi» Toto Riina 88 yoshida vafot etgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid