Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sitsiliya mafiyasining eng so‘nggi «bosslar bossi» vafot etdi
«Koza Nostra» mafiya tashkilotining oxirgi rahbari, mafiyaning so‘nggi «bosslar bossi» deb ataluvchi Toto Riina 88 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Corriere della Serra.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, «pakana» laqabli jinoyatchi Parma shahridagi shifoxonada ikki marta o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan.
Ta'kidlanishicha, Italiya adliya vaziri Andrea Orlando Riinaning eng yaqin qarindoshlariga umrining so‘nggi soatlarida u bilan birga bo‘lishga ruxsat bergan.
Riina 1993 yilda taxminan 40 kishining qotilligi va yuzlab buyurtma qotilliklariga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan. Uni 26 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilishgan.
Mavzuga oid
08:35 / 26.06.2026
Kaspiy dengizi Sitsiliya orolichalik hududni yo‘qotdi: olimlar sababini aniqlay olmayapti
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
22:11 / 09.02.2026