Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manchester derbisidan keyingi janjalning yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» futbolchilari o‘rtasida o‘yindan keyin ro‘y bergan janjal «shaharliklar» jamoasi vakillarining mezbonlarning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni mazax qilishi oqibatida kelib chiqqan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
APLning 16-turida «Manchester Siti» safarda «Manchester Yunayted»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindan keyin tribunalar ostidagi xonada futbolchilar va murabbiylar o‘rtasida janjal kelib chiqqani ma'lum bo‘ldi. Unda «MYu» klubi ustozi Joze Mourino ham ishtirok etgan.
Ingliz matbuotining yozishicha, portugaliyalik mutaxassisga «Siti» futbolchilarining g‘alabani shovqin-suron bilan nishonlagani yoqmagan va u ularga tanbeh bergan. Shundan so‘ng, Mourino va «shaharliklar» darvozaboni Ederson tortishib qolgan va janjal kattalashib, unga boshqa futbolchilar va murabbiylar ham qo‘shilgan.
Ammo Marca nashri voqealar rivojining boshqacha talqinini keltirmoqda. Unga ko‘ra, «Siti» murabbiylari «Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichga qarata gap otgan. «Ibra, juda ko‘p gapirasan, biroq, kam harakat qilasan» - deyishgan ular. Shundan so‘ng, mojaro boshlanib ketgan va unga kamida 20 kishi aralashgan.
Mavzuga oid
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022
«Qishdayoq barchasini taroziga qo‘yamiz». Eldorning agenti Mourinoning Shomurodovga ikki e’tirozi, Rimda nega qolgani va kelajagi haqida
21:57 / 22.08.2022