Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutilmagan yangilik - Afg‘onistonda yuzlab qadimiy karvonsaroylar topildi
Arxeologlar Afg‘oniston hududida yuzdan ortiq karvonsaroylarni josuslik sun'iy yo‘ldoshlari va harbiy dronlar yordamida topishdi. Bu hamda boshqa topilmalar haqida Science jurnalida e'lon qilingan maqolada so‘z yuritilgan.
Afg‘oniston hududida ko‘p yillardan beri urush davom etmoqda, shuning uchun arxeologlar va boshqa olimlar uchun afg‘on tog‘lari hamda cho‘llarida tadqiqotlar olib borish katta xavf uyg‘otadi. Afg‘oniston va AQShdan bo‘lgan olimlar hududni o‘rganish uchun tijorat maqsadlaridagi sun'iy yo‘ldoshlar, AQSh josuslik sun'iy yo‘ldoshlari hamda harbiy dronlar yordamida olingan suratlardan foydalanishdi. Shu tariqa avval ma'lum bo‘lmagan minglab yangi joylar topildi, ular katta tarixiy ahamiyatga egaligi aytilmoqda. Topilmalar orasidagi eng muhimlaridan biri - XVI-XVII asrlarga tegishli 119 ta karvonsaroy. Ular Buyuk ipak yo‘li orqali sayohat qilgan savdogarlarga boshpana vazifasini o‘tagan. Karvonsaroylar bir-biridan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan – sotish uchun tovarlar olib boruvchi karvonning bir kunda bosib o‘tadigan yo‘li ham shuncha masofaga teng bo‘lgan. Yangi ma'lumotlar Buyuk ipak yo‘lining markaziy qismi haqida ko‘proq ma'lumot olish imkonini beradi.
Shuningdek O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan Balx vohasi atrofida qadimiy manzilgohlar izlari topildi, ulardan eng qadimiysi taxminan ming yil avval paydo bo‘lgan. Avvalroq SSSR arxeologlari ham 77 ta shunday manzilgohni topishgandi, biroq sun'iy yo‘ldoshlar yordamida olingan suratlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aslida ularning soni mingdan ko‘p. Bundan tashqari, tadqiqotchilar Siyston va Hilmond viloyatlari hududida kanallar tarmog‘ini aniqlashdi, ular ekinlarni sug‘orishda qo‘llangan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026