Xitoy AQShga maslahat berdi
Xitoy Mudofaa vazirligi AQShni «sovuq urush» davridagi kabi fikr yuritishdan voz kechish hamda yanada «ijobiy o‘zaro aloqalarni» amalga oshirishga chaqirdi. Bu haqda Xitoy vazirligining WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Biz shunga umid qilamizki, AQSh sovuq urush davridagi kabi fikr yuritishdan voz kechib, Xitoy armiyasi rivojiga obektiv nazar tashlaydi, Xitoy tomoni bilan ikki davlat qurolli kuchlari hamkorligini rivojlantirishni rag‘batlantirib boradi, yanada ijobiy o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi, ikki mamlakat armiyalarining aloqalarini Xitoy-Amerika munosabatlarini barqarorlashtiruvchi omilga aylantirishga harakat qilib, mintaqaviy va global tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni birgalikda himoya qiladi», - deya ma'lum qilishgan Xitoy Mudofaa vazirligidan.
Shu tariqa XXR AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi strategiyasiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Xitoy kuchayib borayotgan katta harbiy qudratga ega davlat sanalishi, shu sababdan NATOga XXR tomoni bilan siyosiy muloqotni qo‘llab-quvvatlash muhimligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:20
AQShdagi yadroviy obektlar va aviabazalar ustidan sirli dronlar uchib o‘tishni boshladi
16:10
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024