Xitoy Mudofaa vazirligi AQŞni «sovuq uruş» davridagi kabi fikr yuritişdan voz keçiş hamda yanada «ijobiy özaro aloqalarni» amalga oşirişga çaqirdi. Bu haqda Xitoy vazirligining WeChat ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Biz şunga umid qilamizki, AQŞ sovuq uruş davridagi kabi fikr yuritişdan voz keçib, Xitoy armiyasi rivojiga obektiv nazar taşlaydi, Xitoy tomoni bilan ikki davlat qurolli kuçlari hamkorligini rivojlantirişni rağbatlantirib boradi, yanada ijobiy özaro aloqalarni yölga qöyadi, ikki mamlakat armiyalarining aloqalarini Xitoy-Amerika munosabatlarini barqarorlaştiruvçi omilga aylantirişga harakat qilib, mintaqaviy va global tinçlik, barqarorlik hamda farovonlikni birgalikda himoya qiladi», - deya ma'lum qilişgan Xitoy Mudofaa vazirligidan.

Şu tariqa XXR AQŞning milliy xavfsizlik böyiça yangi strategiyasiga izoh berdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Xitoy kuçayib borayotgan katta harbiy qudratga ega davlat sanalişi, şu sababdan NATOga XXR tomoni bilan siyosiy muloqotni qöllab-quvvatlaş muhimligi haqida ma'lum qilgandi.