Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Juda muhim». NATO bosh kotibi Xitoy bo‘yicha bayonot berdi
Xitoy kuchayib borayotgan katta harbiy qudratga ega davlat sanaladi, shu sababdan NATOga XXR tomoni bilan siyosiy muloqotni qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma'lum qildi.
«Xitoy kuchayib borayotgan katta harbiy qudratga ega davlatdir, shuning uchun NATOga u bilan siyosiy muloqotni qo‘llab-quvvatlash juda muhim», - deya Stoltenbergning so‘zlarini keltiradi TASS.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning javobgarlik hududi – bu Yevropa, «sababi alyans mintaqaviy harbiy tashkilot sanaladi».
Avvalroq e'lon qilingan AQSh milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya hamda Xitoy zamonaviy qurolni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgani, bu esa Qo‘shma Shtatlarning muhim infratuzilmasiga tahdid uyg‘otishi haqida so‘z yuritilgandi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026