Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ufada O‘zbekiston fuqarosi do‘kon ichida qizni pichoqlab o‘ldirdi
Rossiyaning Ufa shahrida 21 dekabrga o‘tar kechasi fojia yuz berdi – oziq-ovqat do‘koniga qiz kirgan, uning ketidan gul ko‘tarib olgan yigit kelgan. Keyin esa sotuvchining ko‘z o‘ngida dahshatli fojia yuz berdi.
- Yigit qizga gullarni berdi, biroq u negadir ularni olishdan bosh tortdi. Shunda yigit pichoq chiqarib, qizga zarbalar bera boshladi, - deya aytib o‘tgan «Komsomolskaya pravda» manbasi. – Qiz qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatganidan so‘ng esa, yigit o‘z joniga qasd qilishga urindi.
Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yigit hali tirik ekanini payqashgan va uni shifoxonaga olib ketishgan. Yigit tez yordam kelguniga qadar atrofini o‘rab olgan odamlarga: "O‘ldirib qo‘ya qolinglar!" deb baqirgan.
Qiz esa hodisa yuz bergan joyda hayotdan ko‘z yumgan. Tibbiyot xodimlarining bildirishicha, qizga 17 marta pichoq bilan zarba berilgan.
- Erkak o‘zi birga yashayotgan qizni rashk tufayli pichoqlagan, sababi munosabatlarni to‘xtatish haqidagi gapni eshitgan, - deya xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasining Boshqirdiston Respublikasi bo‘yicha Tergov boshqarmasi matbuot xizmati. – Ushbu holat bo‘yicha «Qotillik» moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shifoxonada qolmoqda, uning ahvoli og‘ir.
Ma'lum bo‘lishicha, qotillikda gumonlanayotgan shaxs 26 yoshda bo‘lib, O‘zbekistondan kelgan va uzoq vaqt davomida Moskvada istiqomat qilgan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026