Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida hukumatlararo bitim imzolandi
2017 yilning 21 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Vengriya Hukumati o‘rtasida ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bitim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov va Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Peter Santo tomonidan imzolandi.
Mazkur hujjat ikki davlat oliy o‘quv muassasalarida ta'lim olish uchun kvotalar berish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar hamda madaniy tadbirlar o‘tkazish orqali ta'lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratadi.
Bitimning amaliy bajarilishi maqsadida ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va muassasalari vakillaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
10:51 / 20.01.2026
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026