2017 yilning 21 dekabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Hukumati va Vengriya Hukumati örtasida ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik töğrisidagi Bitimni imzolaş marosimi bölib ötdi.
Bitim Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov va Vengriyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Peter Santo tomonidan imzolandi.
Mazkur hujjat ikki davlat oliy öquv muassasalarida ta'lim oliş uçun kvotalar beriş, birgalikda ilmiy tadqiqotlar hamda madaniy tadbirlar ötkaziş orqali ta'lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratadi.
Bitimning amaliy bajarilişi maqsadida ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va muassasalari vakillaridan iborat qöşma işçi guruh tuziş közda tutilmoqda.











