Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lganlarning moliyaviy ahvoli tekshiriladi
Tojikiston fuqarolarini Haj ziyoratiga har yillik yuborilishiga tayyorgarlik masalalari mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim boshchiligidagi yig‘ilishda muhokama etildi. Yangi yilda tojikistonlik fuqarolarga Haj ziyorati uchun kvotalar hali ham aniqlanmadi, deb xabar bermoqda AP.
Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, Haj ziyoratiga fuqarolarni yuborish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotchilarning asosiy vazifasi tojikistonlik ziyoratchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yakuniga yetayotgan yilda Saudiya Arabistonidagi muqaddas joylarning mamlakat fuqarolari tomonidan ziyorat etilishini tashkillashtirish va buni amalga oshirish davomida Tojikistonning 6 ming 520 fuqarosi jo‘natilgan.
Azim Ibrohim tegishli davlat idoralariga mahalliy hokimiyat vakillari bilan ziyoratga borishni rejalashtirayotgan insonlarning moliyaviy imkoniyatlarini tekshirish haqida topshiriq berdi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarining eslatishicha, Haj ziyoratiga jo‘natiladigan nomzodlarni tanlashda qonunchilik normalariga qat'iy rioya etish kerak.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
17:46 / 14.05.2026
Prezident tashabbusi bilan 100 kishiga bepul Haj yo‘llanmasi berildi
18:34 / 02.05.2026
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Hajga yo‘l oldi
13:14 / 29.04.2026