Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu qatorasiga ikkinchi marta Yevropada yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa qit'asining 2017 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy sayti xabar bergan.
Portugaliyalik 32 yoshli futbolchi 26ta xalqaro informatsion agentliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni «Formula-1» chempioni Lyuis Hemilton, tennischilar Rojyer Federer va Rafael Nadal band etdi.
Shu tariqa, 1958 yildan buyon Polshadagi PAP axborot agentligi tomonidan topshiriladigan ushbu mukofotni Ronaldu ikkinchi marta qo‘lga kiritmoqda.
2017 yilda Ronaldu «Real» bilan Ispaniya chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi, klublar o‘rtasidagi chempionat g‘olibi, UYeFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. U shuningdek, Portugaliya terma jamoasi bilan 2018 yilgi jahon chempionatiga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
12:14 / 08.06.2026
Peres saylovda g‘alaba qozondi
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
12:04 / 04.06.2026
«Real» tarixidagi asosiy tahdidni to‘xtatish kerak». Peresni jangga chorlagan kim?
16:03 / 27.05.2026