Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 2020 yilgi saylovlarda nega g‘alaba qozonishi kerakligini aytdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda 2020 yilgi prezidentlik saylovlarini nega yutishi kerakligini tushuntirib berdi.
«Men yana to‘rt yilni yutib olishni mo‘ljallayotganimga yana bir sabab shundaki, gazetalar, televideniye, medianing barcha shakllari agarda men bo‘lmasam, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, sababi ularning reytinglari mensiz nolga tushib ketadi», - deya Trampning so‘zlarini keltiradi The New York Times.
Trampning ta'kidlashicha, OAV unga g‘alaba qozonish uchun imkoniyat berishi kerak.
«Umuman olganda, ehtimol, saylovlarga olti oy qolganida ular meni yaxshi ko‘rib qoladi va shunday deydi: «Iltimos, iltimos, Donald Trampni yo‘qotmanglar», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi AQSh rahbari.
Mavzuga oid
09:53
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026