Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi
IShID terrorchilik guruhi Sankt-Peterburgdagi supermarketda sodir bo‘lgan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda ekstremistlarning axborot faolligini kuzatuvchi SITE sayti ma'lum qildi.
Sankt-Peterburgdagi teraktda jabrlanganlar soni 18 kishigacha oshdi. Terrorchilik guruhining ma'lum qilishicha, hujumni IShID a'zolari amalga oshirgan.
27 dekabrda Peterburgdagi “Perekryostok” supermarketida jarohatlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan qo‘lbola portlovchi qurilma portlatilgan. Jarohatlanganlardan 8 nafari shifoxonalarda qolmoqda.
Ushbu hujum yuzasidan bir necha kishining hayotiga suiqasd qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ehtimoliy gumonlanuvchi kuzatuv kameralari tomondan qayd qilingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin portlashni terakt deb atagan.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026