Jahon | 17:00 / 31.12.2017
11074
1 daqiqa o‘qiladi

Eron hukumati namoyishchilarning o‘limida «xorijlik josuslar»ni aybladi 

Eron hukumati ma'lum qildiki, mamlakatda ro‘y berayotgan namoyishlar vaqtida ikki kishi halok bo‘lishida huquq-tartibot organlari emas, «xorijlik josuslar» aybdordir. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

«Politsiya va xavfsizlik xizmati kuchlari hech qanday o‘q uzmadi. Biz bu ishda inqilob dushmanlari qo‘li borligini ko‘rdik. Namoyishchilarning o‘limiga xorijlik josuslar aybdordir», — deya ma'lum qilgan Luriston viloyati gubernatorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Habibulloh Xo‘jastehpur.

Bundan avvalroq Luristondagi Dorud shahrida ro‘y bergan tartibsizliklar vaqtida ikki kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid