Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRga neft tashiyotgani gumon qilingan yana bir kema ushlandi
Janubiy Koreyada Panama bayrog‘i ostida harakatlanayotgan kema to‘xtatildi. Bu kema xalqaro sanksiyalarni buzgan holda KXDRga neft yetkazib berayotgani gumon qilinmoqda.
Reuters agentligi bojxona xodimlariga asoslangan holda xabar berishicha, qo‘lga olingan kema 5 ming tonnadan ortiq neft tashiy oladi. Uning ekipaji xitoylik va myanmalik dengizchilardan iborat.
Qayd etish kerakki, bu shu haftada Shimoliy Koreyaga neft tashiyotgani gumon qilinib qo‘lga olingan ikkinchi kemadir. 29 dekabr kuni Hongkong kemasi ham shimol koreyslariga neft yetkazib berishga gumon qilinib qo‘lga olingandi.
Bundan avvalroq agentlik xabarida rossiyaliklarning tankerlari KXDRga neft yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgani haqida aytilgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh yordamida olingan suratlar Rossiya kemalarining o‘sha tumanda noodatiy tarzda harakatlanishidan darak bergan. Bundan tashqari, ular kemalar aniq qayerda ekanini ko‘rsatib beruvchi transponderlarni o‘chirib qo‘ygan.
Reuters’ning yozishicha, shunday kemalardan biri Rossiyaning «Vityaz» tankeri bo‘lgan. Port hujjatlariga ko‘ra, «Vityaz» 15 oktabr kuni Vladivostok yaqinidagi Slavyanko portidan bortida 1,6 ming tonna neft bilan chiqib ketgan. Dengiz tashuvlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar shundan so‘ng tanker bir necha kunga transponderni o‘chirib qo‘yganligini ko‘rsatdi.
Rossiya TIV bu xabarlariga izoh berdi. Ma'lum qilinishicha, Moskva sanksiya rejimiga to‘la hajmda rioya etmoqda.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025