Jahon | 17:30 / 03.01.2018
11363
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya vakillari Olimpiada-2018 masalasini muhokama qildi

Foto: Reuters

KXDR va Janubiy Koreya vakillari Shimoliy Koreyaning Pyongchangda 2018 yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki masalasi bo‘yicha telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, muloqot taxminan 20 daqiqa davom etgan. Ta'kidlanishicha, ikki mamlakat vakillari yaqin vaqt ichida ikkinchi muloqotni o‘tkazadilar. Unda Pxanmunjom chegaraoldi qishlog‘idagi ehtimoliy uchrashuv muhokama etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan oliy darajada muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lgani, bu Pxanmunjomdagi qurolsizlantirilgan hududda maxsus aloqa vositasi yordamida ro‘y berishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid