Jahon | 09:10 / 03.01.2018
24583
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp endi Falastinga «yopishdi»

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinga «juda katta miqdordagi pullarni» ajratish bo‘yicha masalani qayta ko‘rib chiqish lozimligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «biz nafaqat Falastinga, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarga ham hech narsa evaziga milliardlab dollar beramiz».

Trampning ma'lum qilishicha, «masalan, biz falastinliklarga bir yilda yuzlab million dollar to‘laymiz». Amerika prezidentining ta'kidlashicha. Falastin «Isroil bilan tinch shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borishni xohlamayapti».

«Nima uchun biz kelajakda tinchlik haqida gaplashishni istamayotgan falastinliklarga yirik to‘lovlarni yuborishimiz kerak», - deya ma'lum qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Qo‘shma Shtatlar ma'muriyati hozircha Pokistonga 255 mln dollarlik yordam pulini taqdim etmasligi haqida ma'lum qilgandi va ushbu mamlakatni terrorizm muammosiga nisbatan “ikki xil o‘yinda” ayblagandi. 

Mavzuga oid