Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Pokistonga qarshi yangi choralar tayyorlamoqda
AQSh Pokistonga qarshi yangi choralar tayyorlamoqda, bu terrorizmni qo‘llab-quvvatlash masalasi tufayli ro‘y beradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi choralar haqida “yaqin 24-48 soat ichida” e'lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Qo‘shma Shtatlar ma'muriyati hozircha Pokistonga 255 mln dollarlik yordam pulini taqdim etmasligi haqida ma'lum qildi va ushbu mamlakatni terrorizm muammosiga nisbatan “ikki xil o‘yinda” aybladi. U Islomobodga taqdim etiladigan yordam qisqarib borishini ham istisno etmadi. Heyli ma'lum qilgan yordam esa harbiy sohaga tegishlidir.
AQShning Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentligi (USAID) ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda 25,8 mlrd dollarlik miqdorda xalqaro yordam ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bundan Pokistonga rivojlanish hamda gumanitar dasturlar uchun 345 mln dollar taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026