Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT ham aralashdi. Eron AQShni fitnaga undashda aybladi
Eronning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Ali Xushrav BMTga rasmiy shikoyat yuborib, AQShni Islom Respublikasi ishlariga aralashish va zo‘ravonlikka undashda aybladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
"AQSh hukumati xalqaro huquq, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning barcha prinsiplarini buzishda davom etmoqda, - deyiladi matnda. – Donald Tramp rahbarligidagi Amerika ma'muriyati so‘nggi kunlarda Eronning ichki ishlariga uyalmasdan aralashdi, bu zo‘ravonlik hamda vandalizmga olib kelgan norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topdi".
Eronlik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh prezidenti va uning yordamchisi kulgiga sabab bo‘luvchi tvitlar orqali eronliklarni qo‘poruvchilik va fitna harakatlariga undagan". "Eron Islom Respublikasi hukumati barcha mamlakatlardan bu xavfli siyosatning qoralanishini kutmoqda hamda Qo‘shma Shtatlardan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro huquq prinsiplari asosida mas'uliyat bilan harakat qilishni talab etadi", - deya ta'kidlanadi xabarda.
Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Tehronda so‘nggi uch kun ichida taxminan 450 kishi qo‘lga olindi.
3 yanvar kuni Eron Inqilob soqchilari korpusi rahbari Muhammad Ali Ja'fariy mamlakatni keyingi hafta davomida qamrab olgan norozilik namoyishlari yakunlangani haqida ma'lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Vashington Erondagi norozilik namoyishlari qatnashchilariga «kerakli vaqtda» qo‘llab-quvvatlov taqdim etishini aytdi.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026