Kun fotosi: Shimol va Janub kelishdi
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan Pyongchang Olimpiadasiga «alohida delegatsiya» yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu delegatsiya tarkibidan artistlar, musiqachilar va taekvondo bo‘yicha maxsus jamoa o‘rin oladi. Hozircha shimolliklar Olimpiadaga o‘z sportchilari delegatsiyasini yuborishi yoki yubormasligi ma'lum emas. 8 yildan buyon KXDR Qishki olimpiadada qatnashmaydi.
Bugun, 9 yanvar, seshanba kuni Pxanmundjom chegara punktida Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi boshlandi.
2015 yil dekabridan beri ilk bor o‘tkazilayotgan muzokaralarning asosiy mavzusi Seul va Pxenyan munosabatlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy qadamlar, jumladan, KXDR sportchilarining Pyongchangdagi qishki Olimpiadadagi ishtiroki bo‘ldi.
Ikki davlat delegatsiyalari tarkibiga 5 kishidan kirdi. Janubiy Koreya delegatsiyasini birlashish vaziri Cho Myon Gyon, KXDR delegatsiyasini Koreyani birlashtirish qo‘mitasi raisi Ri Son Gvon boshqardi.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya Koreya urushi davomida ajralib ketgan oilalar uchrashuvini 16 fevral kuni tashkillashtirish taklifi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
20:32 / 09.10.2024
KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopadi
17:12 / 08.10.2024
Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llash uchun Ukrainaga harbiylarini yuborishi mumkin
21:47 / 06.10.2024