Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya sobiq prezidenti partiya yetakchiligidan ham ketdi
Foto: Reuters
Kataloniya sobiq prezidenti Artur Mas, seshanba kuni, separatistlar siyosiy partiyasi yetakchiligidan ketishini ma'lum qildi. Siyosiy partiya ichki bo‘linishlari haqida xabar tarqaganidan so‘ng, sobiq prezident Kataloniya mustaqilligi uchun kurashni boshqa izdoshlariga qoldirishga qaror qilgan, deb yozadi Reuters.
2017 yil oktabrda Kataloniyada o‘tkazilgan, ammo natijalari rasman Madrid tomonidan tan olinmagan xalq referendumidan so‘ng, partiya boshi berk ko‘chaga kirib qolgan: Ispaniya hukumati bilan muzokaralar juda katta zaruriyatga aylandi.
Shunga qaramasdan, o‘tgan yil 21 dekabrda tashkillashtirilgan parlament saylovi natijasiga ko‘ra, ta'sirchan maqomga ega bo‘lgan separatistlar partiyasi mamlakat Bosh vaziri Mariano Rahoyga qarshi turishga yetarlicha imkoniyatga ega.
«Yangi davr yangi yetakchini talab qilmoqda. Maqsadni amalga oshirish uchun yo‘lakni band qilishim zararga xizmat qiladi», deb fikr bildirdi Artus Mas.
Mavzuga oid
11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024