O‘zbekiston | 22:20 / 15.01.2018
8478
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda "Hospitality contract" tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: KUN.UZ

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda yangi "Hospitality contract" ("Mehmondo‘stlik shartnomasi") tizimini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov KUN.UZ muxbiriga eksklyuziv ma'lumot berdi.

Sayyohlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan "Hospitality contract" shartnomasini imzolaydi, u quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:

  1. Kelgan mehmonni hamisha yuzda tabassum bilan kutib olish; hamma joyda - misol uchun, bojxonada, do‘konlarda va h.k.
  2. Mijozlar bilan muomalada hech qachon qo‘pollikka yo‘l qo‘ymaslik;
  3. Xonalar, hojatxonani hamisha ozoda saqlash;
  4. Mahsulotlar kamida ikkita tilda yozilgan bo‘lishi.

"Umuman olganda, kelgan odam kutilgan mehmon ekanini his qilishi kerak. Bir yillik shartnoma qilamiz, devorga yo eshikka yopishitirib qo‘yish mumkin. "Tourist friendly" ham bo‘lishi mumkin, lekin uning sertifikatsiyasi biroz og‘irroq", - deydi Qo‘mita raisi.

Qandaydir qo‘polliklar yoki qoidaga zid vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qo‘ng‘iroq qilinadi va ro‘yxatdan chiqarib yuboriladi. Bu ma'muriy chora emas, sohaga noan'anaviy yondashuv hisoblanadi.

Qo‘mita raisi o‘zbek xalqi aslida mehmondo‘st xalq ekani, shunchaki bu jarayonlarni bir tizimga tushirib olish lozimligini qo‘shimcha qildi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid