Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda yuqori mansabli mulozimlar va mamlakat MXX xodimlari hibsga olindi
Foto: Fotolia
Turkmanistonda qator yuqori mansabli amaldorlar, jumladan, mamlakat milliy xavfsizlik xizmati xodimlari korrupsiyada ayblanib hibsga olindi. Bu haqda qator mustaqil nashrlar xabar bergan.
Xabarlarga ko‘ra, Toshhovuz viloyatida iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash bo‘yicha xizmat MXXning bir necha zobitlarini poraxo‘rlik hamda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘mak ko‘rsatish ayblovi bilan ushlagan.
Turkmaniston davlat OAV hozircha huquqni muhofaza qilish organlarida ommaviy hibsga olishlar ro‘y bergani haqida xabar bermadi.
Shuningdek, Ashxobodning Kopetdog‘ tumani soliq inspeksiyasi rahbari va bir necha xodimi korrupsiyada ayblanib hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning oktabr oyi oxirida Turkmaniston prezidenti Davlat xavfsizligi kengashi yig‘ilishida davlat apparatida korrupsiya bilan kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish talabini qo‘ygandi.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025