Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yo‘lovchi YPX xodimini do‘pposladi (video)
2018 yilning 14 yanvar kuni internet ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o‘rtasida bo‘lgan janjal holati videotasviri joylashtirilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat tezkorlik bilan o‘rganilganda, 30 K 977 YeA davlat raqamli “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi Ishtixon tumani “O‘rtaqishloq” MFY “Yangiravot” qishlog‘ida yashovchi D.U. yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, avtomashinani boshqargan. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga itoat qilmasdan harakatni davom ettirib, yo‘ldagi tirbandliklardan o‘tib ketish imkoniyati bo‘lmaganidan majburan to‘xtagan.
Ushbu joyga yetib kelgan YPX xodimlari haydovchi D.U.dan avtomobil salonidan spirtli ichimlik hidi kelgani tufayli ruldan tushib hujjatlarni taqdim qilishini so‘ragan. Shu vaqt avtomashina salonida o‘tirgan Qo‘shrabod tumani “Oqtepa” QFY “Shavona” qishlog‘ida yashovchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1992 yilda tug‘ilgan S.T. YPX katta inspektori Shohrux Mamatovning oldiga kelib, hech bir sababsiz unga musht tushirgan va oyoqlari bilan tepgan. Voqea joyiga naryad chaqirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ekspertiza xulosalariga asosan haydovchi D.U. spirtli ichimlik iste'mol qilgani va katta inspektor Sh.Mamatovga tan jarohati yetkazib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga itoat qilmagani uchun to‘plangan materiallar qonuniy hal qilinishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026