O‘zbekiston | 15:05 / 17.01.2018
56032
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga boradi

Foto: O‘zA

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda bu boradagi tadbirlarga tayyorgarlik muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda nutq so‘zladi. Davlat rahbari Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib tarzda nishonlash lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. 

Davlat rahbarining ma'lum qilishicha, hafta oxirida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif juma, 19 yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Prezident joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bundan avval Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga tashrif buyurgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid