Imomali Rahmon Rog‘un GES bo‘yicha topshiriq berdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon respublika hukumatining o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida Rog‘un GES rahbariyatiga birinchi agregatni o‘z muddatida foydalanishga topshirish haqida ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, rahbariyatga qurilishga ajratilayotgan mablag‘larni belgilanganidek sarflash vazifasi yuklandi.
O‘z navbatida, “Rog‘un GES” OAJ bosh direktori Xayrullo Safarzoda loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida hisobot berdi.
Avvalroq, Tojikiston 2018 yilda Rog‘un gidroelektrostansiyasini qurish uchun 227 mln dollar ajratishi haqida xabarlar tarqalgandi.
2017 yilning birinchi yarim yilligida Tojikiston byudjyetidan Rog‘un GES loyihasiga 112 mln dollar sarflandi.
Bundan tashqari, Rog‘un loyihasini moliyalashtirish maqsadida 500 mln somoniy miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024