Sport | 08:00 / 21.01.2018
8743
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada professional boks taqiqlanishi mumkin

Shvetsiyaning mehnat muhofazasi agentligi mamlakatda professional boks bilan shug‘ullanishni taqiqlashi mumkin. Bu haqda BoxingScene xabar bermoqda. 

Bu Butunjahon boks superseriyasining sobiq ishtirokchisi Erik Skoglund bilan bog‘liq voqea sababli yuz berishi mumkin. Bokschi sparringlardan birida bosh miya-chanoq jarohatini olgan.

Jarohat bokschining miyasiga qon quyilishiga olib kelgan. Sportchi operatsiya qilingan va ma'lum muddat koma holatida bo‘lgan. Yaqinda Skoglundga javob berilgan va u hozirda uy sharoitida sog‘lig‘ini tiklamoqda. 

Shvetsiya agentligi bu hodisani o‘rganib, uning natijalariga ko‘ra yakuniy qaror qabul qiladi. Shvetsiyada shu voqeagacha ham professional boks bilan shug‘ullanish qat'iy nazorat qilingan.

Erik Skoglund

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid