Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada qamoqxonalar xodimlari norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda
Fransiyada qamoqxonalar xodimlari norozilik aksiyalari boshlagani tufayli 130dan ortiq jazoni o‘tash muassasasi yopiqligicha qolmoqda. Bu haqda UFAP-UNSa Justice kasaba uyushmalari ma'lumotida keltirilgan. Norozilik aksiyalarida 6 mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.
«Adliya vaziri bilan muzokaralar tiklandi. Ayni vaqtda 131ta turma yopiq, 6,1 mingdan ortiq kishi aksiyaga jalb etilgan», deyilgan xabarda.
Fransiyada ikkinchi haftadirki, qamoqxonalar xodimlarining umummilliy norozilik aksiyalari davom etmoqda. Ular qamoqxonalarda xavfsizlik choralari kuchaytirilishi talab qilishmoqda.
Fransiya Adliya vaziri Nikol Bellubening qamoqxonalar nazoratchilari kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Kasaba uyushmalari qo‘yayotgan talablar qatorida ekstremizmda ayblanib qamalganlarga alohida yondashuv, ular uchun alohida bo‘limlar, xodimlarning xavfsizligini ta'minlash uchun zarur sharoitlar va boshqalar bor. Ular shuningdek, mehnatga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqishni so‘rashmoqda.
11 yanvar kuni Vanden-le-Vey kommunasida (Pa-de-Kale departamenti) 3 nafar nozir Tunisdagi 2002 yilgi terrorchilik hujum uchun qamalgan mahbus hujumidan yaralangandi. Aktsiyalar boshlanganidan keyingi kunlarda Fransiyaning bir qancha hududlarida qamoqxonalar xodimlariga hujumlar qilinishi kuzatildi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026