Sport | 10:40 / 23.01.2018
7161
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Olimpiadadan bir kun avval harbiy parad o‘tkazadi

Foto: Reuters

KXDRda yangi rasmiy bayram ta'sis etildi – Koreya xalq armiyasi tashkil topgan kun. U 8 fevral kuni nishonlanadi. Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan bu haqda tegishli qaror e'lon qilindi.

Xabar qilinishicha, mamlakatda shu kuni bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi, shuningdek, “harbiy xizmatchilar, partiya a'zolari va mehnatkashlar buyuk yetakchi Kim Ir Senning muntazam inqilobiy qurolli kuchlarni shakllantirish bo‘yicha xizmatlarini chuqur anglab yetishi”ga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkillashtiriladi.

Aynan qanday tadbirlar mo‘ljallanayotgani xabar qilinmagan, biroq avvalroq Janubiy Koreya OAV KXDR Pyongchangdagi Olimpiada boshlanishiga bir kun qolganida harbiy parad o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid