Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timoshenko yana Poroshenkoga «tashlandi»
Ukrainada «Batkivshchina» fraksiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoni qonunchilikni buzishda aybladi. Bu davlat rahbari Timoshenkoning partiyasi vakilini Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yangi tarkibiga kiritmagani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda «Ukrainskaya pravda».
«U (Poroshenko) MSK tarkibini taqdim etib, u yerga o‘zining ko‘plab odamlarini kiritdi. O‘zining partiyasidan 5 kishi, «Xalq fronti»dan ham taxminan shuncha. Boshqa barcha fraksiyalardan – bir kishidan. Faqatgina bitta parlamentdagi siyosiy partiya - «Batkivshchina»dan hech kim yo‘q. Prezident bironta nomzodni taqdim etmadi, bu Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi qonun va demokratiya barcha asoslarining buzilishi», - deya ma'lum qildi Timoshenko.
Fraksiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu Poroshenko Ukrainada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovlarni soxtalashtirish niyatida ekanini bildiradi. Shundan so‘ng Timoshenko undan MSK tarkibiga «Batkivshchina» partiyasidan nomzod kiritishni talab qilgan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026