Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya sobiq prezidentining pasporti olib qo‘yildi
Braziliyadagi sud mamlakat sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvadan pasportni olib qo‘ydi. Bu haqda Reuters siyosatchining vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu da Silva mamlakatdan chiqib ketmasligi uchun lozim. Sababi apelyatsiya sudi unga qarshi korrupsiyada ayblovni o‘z kuchida qoldirdi. Sobiq prezident pasport olib qo‘yilishining ertasi kuni Afrikaga ketishni mo‘ljallagandi.
Avvalroq, da Silvaga 19 yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlab qo‘yilgandi.
Kuritiba shahri federal politsiyasining xabar berishicha, da Silva va uning turmush o‘rtog‘i OAS qurilish kompaniyasidan Petrobras davlat neft kompaniyasi bilan bog‘liq noqonuniy sxema natijasida taxminan 748 ming dollar olgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026