Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonga sug‘orish uchun suv ajrata boshladi
O‘zbekiston chegarada joylashgan Tojikistonning So‘g‘d viloyati Asht tumanidagi dalalarni qishki sug‘orilishi uchun suv ajrata boshladi, deb yozadi Asia-plus media guruhi.
Bu haqda 2017 yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Asht tumani hukumati raisi Zarif Mirdado aytib o‘tgan.
«Endi bizga suv shimoliy Farg‘ona kanalidan kelmoqda. Biz qo‘shni davlat bilan birgalikda ushbu kanalning 6 kilometrlik uchastkasini tozalab chiqdik — O‘zbekiston tomoni yoqilg‘i bilan ta'minladi, biz esa mashinalar ajratdik”, — degan Mirdado.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Asht dalalariga suv 2017 yilning oxiridan boshlab oqib kelmoqda, bugungi kunga kelib 5 kilometr kub suv olingan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026