Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Darg‘azab fil sayyohlar avtomobiliga hujum qildi (video)
Foto: screenshot
Internetda Afrikada filning sayyohlar avtomobiliga hujum qilishi videosi paydo bo‘ldi. Rolik CGTN telekanali tomondan joylashtirilgan.
Rolikda avtomobil harakatlanayotgan yo‘lni fillar to‘dasi bolalari bilan kesib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Taxmin qilinishicha, fillardan biri mashinadagi odamlarni xavf sifatida qabul qilib, mashina ortidan quvlashga tushgan.
Fil mashinaga yetib olib, unga dandon tishi bilan zarba bera boshlaydi. Oqibatda fil tishini sindirib olib, ta'qibni yakunlashiga to‘g‘ri keladi.
Ta'kidlanishicha, voqea 20 yanvarda Botsvanadagi Chobe milliy bog‘ida yuz bergan.
Mavzuga oid
07:43 / 04.03.2026
Afrika qanday bo‘lib tashlangan? Yevropaning mustamlaka xaritasi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
07:22 / 16.01.2026
Xaritada bir xil, real farqi ulkan: Afrika vs Grenlandiya
14:02 / 14.01.2026