Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomorqasidan foydalanmagan har bir kishi jarimaga tortiladi - Prezident
28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar ochiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Prezident Qashqadaryo viloyatidagi tomorqa masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Yaqinda bir qaror chiqadi. Bunga juda katta tayyorgarlik ko‘ryapman. Endi tomorqasi bo‘la turib, dangasalik qilib, unda ekin-tekin ekmasa, unga jarima solinadi. O‘zbekistonda bizga dangasa odam kerak emas. Uchastkasi, yeri bo‘lsa, o‘zi aravani tortishi kerak. Bolalariga nisbatan mas'uliyatni o‘z yelkasiga olishi lozim. Butun dunyoda rivojlanish, aslida shunday. Bizda «olma pish, og‘zimga tush» zamoni o‘tib bo‘ldi. Bugundan boshlab hammaga nisbatan ana shunday talab bo‘ladi. Mana shuni hamma bilishi kerak, bilishi shart.
Vodiyning har bir viloyati, har bir tumani tomorqadan foydalanishiga e'tibor bering. Unumli foydalanishadi. Men Qashqadaryo bo‘ylab vertolyotda ikki marta aylanib uchdim. Pastroq uchirdim. Tomorqalar qup-quruq. Dalalarga suv yuborilgan, yerlar ko‘karib, muzlab yotibdi.
Mana hozir ikkita samolyotda Qashqadaryoga keldik. Bosh vazir o‘rinbosarlari, Toshkentdan kelgan kattalar o‘tiribdi zalda. Har bittalaring viloyatning har bitta tumaniga borib, ish o‘rinlari tashkillashtirib, keyin Toshkentga ketasizlar», deya prezidentning so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026