O‘zbekiston | 15:28 / 30.01.2018
45279
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshida Islom Karimov haykali ochildi, Mirziyoyev nutq so‘zladi 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun O‘zbekistonda respublika birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.

Islom Karimov rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatida ham xotira tadbirlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

30 yanvar kuni Qarshi shahrida birinchi prezident haykalining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlat rahbari Islom Karimovning mamlakat mustaqilligi va taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatan tarixida o‘chmas iz qoldirganini ta'kidladi.

Islom Karimovning haykalini Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, mamlakatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan faollar ishtirok etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid