Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Quvayt fondi o‘rtasida 30 million dollarlik shartnoma imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi va Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi o‘rtasida 30 million dollarlik zayom shartnomasi imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnomada qayd etilgan mablag‘lar "Qishloq joylarda zarur muhandislik, kommunikatsion va yo‘l-transport infratuzilmasiga ega turar-joylar qurilishini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Uy-joy va kommunal xizmatlar, Sog‘liqni saqlash, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa joylarda o‘tgan qator uchrashuv va muzokaralardan so‘ng imzolangan.
Ta'kidlash joizki, loyiha doirasida respublikadagi 138 km yo‘lak va massivlararo yo‘llar, 198 km suv quvurlari tarmoqlari, 151 km elektr ta'minoti tarmoqlari, 151 km gaz va ijtimoiy ta'minot tarmoqlari hamda bozor obektlari qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026