Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik chang‘ichilar mashg‘ulot o‘tkazgani Shimoliy Koreyaga jo‘nashdi
Foto: Yonhap
31 yanvarda janubiy koreyalik chang‘ichilar shimoliy koreyalik sportchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish uchun Shimoliy Koreyaga jo‘nashdi. Mashg‘ulotlar Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Kanvondo viloyatidagi “Masikryon” majmuasida o‘tkaziladi. Yonhap axborot agentligining ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya delegatsiyasiga 45 kishi, jumladan jurnalistlar va kuzatib boruvchilar guruhi kiradi.
Delegatsiya charter reys bilan Kalma aeroportiga keladi va 1 fevralda Olimpiadada ishtirok etuvchi bir necha shimoliy koreyalik bilan ortga qaytadi.
Ta'kidlanishicha, Seul o‘z safarini Vashington bilan kelishib oldi, chunki o‘tgan yil AQSh Shimoliy Koreya hududida bo‘lgan samolyot va kemalarga AQShga kelishni taqiqlagandi. Shu sababli Janubiy Koreya vakillarining Shimolga tashrifi oxirgi lahzalargacha savol ostida qolayotgandi.
Pyongchangdagi Olimpiada 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026