O‘zbekiston | 12:31 / 02.02.2018
7166
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Sadriddin Ayniyning uy-muzeyi ta'mirlanadi

Foto: News.tj

O‘zbekiston hukumati mashhur tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniyning Samarqand shahridagi uy-muzeyini ta'mirdan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Mamlakat hukumati uyni ta'mirlash uchun 300 mln so‘m (37 ming dollar) ajratdi.

«Biz umid qilamizki, uy-muzey buyuk Sadriddin Ayniy tavalludining 140 yilligi arafasida to‘la ta'mirdan chiqariladi», - deya aytib o‘tgan O‘zbekiston tojiklar jamiyati faoli Amina Sharofiddinova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Sadriddin Ayniy byustini ham avvalgi joyiga qaytarishi mumkin edi. Byust uzoq vaqt davomida Ayniyning uyi yonidagi ko‘chada joylashgan, biroq keyinchalik hovli ichiga ko‘chirilgan.

Sadriddin Ayniyning uy-muzeyi eski shahar markazida, Registon maydonidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. Mashhur yozuvchi bu uyga 1917 yilda ko‘chib kirgan.

Umumiy hisobda, Ayniy ushbu uyda qariyb 35 yil, 50-yillarning boshiga qadar istiqomat qilgan. Uy ikki qismdan iborat, birinchisi XVIII asr oxiri – XIX asr boshida qurilgan bo‘lsa, ikkinchi qismi 1930-yillarda Ayniy va uning do‘stlari tomonidan barpo etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid